CORE ERROR: Language file _core.lng is missing

Xayrli kech, hurmatli fanat!


«Milan» darvozabonni ijaraga berdi, boshqa posbonni ijaraga oldi

"Milan" darvozaboni Pepe Reyna mavsumning qolgan qismini "Aston Villa" safida o'tkazadi. Ispaniyalik posbon angliyaliklar bilan 2020 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.
 
37 yoshli darvozabon "Milan" safida 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol o'tkazdi.

O'z navbatida "Milan" klubi "Bornmut" darvozaboni Asmir Begovichni ijaraga oldi. U ushbu mavsum oxiriga qadar "rossoneri" sharafini himoya qiladi.

Begovich 2017 yildan beri "Bornmut" a'zosi hisoblanadi. Bosniyalik posbon mazkur mavsumning birinchi yarmini ijara asosida Ozarboyjonning "Qorabog'" klubida o'tkazgan edi.


Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Bosh sahifa | Online: 0/3