CORE ERROR: Language file _core.lng is missing

Xayrli kech, hurmatli fanat!


«Lokomotiv»ning bugungi raqibi «Jiangsu Suning» haqida nimalarni bilamiz?

BAA poytaxti Abu Dabida o'quv-mashg'ulot olib borayotgan “Lokomotiv” bugun ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Xabaringiz bor, dastlabki nazorat bahsi Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers” klubi bilan kechdi. Ertangi o'yin Xitoy Superligasi vakili “Jiangsu Suning” klubiga qarshi bo'lib o'tadi.

“Dubai Cultural Sports Club” stadionida bo'ladigan uchrashuv mahalliy vaqt bilan 16:30 (Toshkent vaqti 17:30)da boshlanadi. Quyida “temiryo'lchilar”ning ushbu raqibi haqida ba'zi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.

- “Jiangsu Suning” 1958-yilda tashkil topgan bo'lib, 1994-yildan beri professional futbol klub maqomida faoliyat yuritib kelyapti.

- 2015-yil “Forbes” jurnali bergan ma'lumotga ko'ra, “Jiangsu” Xitoyning eng boy klublari qatorida to'rtinchi o'rinni egallagan. O'shanda futbol klub 144 million dollarga baholangan.

- Ushbu jamoa o'tgan mavsumni o'z chempionatida 4-o'rinda tugatdi. Jamoa 30ta o'yinning 15tasida zafar quchib, 8 bor durang o'ynadi va 7ta bellashuvda mag'lub bo'ldi.

- “Jiangsu” tarkibida braziliyalik Miranda (oldin “Atletiko” va “Inter”da o'ynagan), Aleks Teysheyra (avvalgi jamoasi “Shaxtyor”), italiyalik hujumchi Eder (avvalgi jamoasi “Inter”), xorvatiyalik Ivan Santini (avvalgi jamoasi “Anderlext”) kabi legionerlar bor.

- Jamoa bosh murabbiyi ruminiyalik Kosmin Olariu hisoblanadi. Ushbu mutaxassis 2007-yildan beri Osiyoda ishlab kelyapti va ko'pchilikka yaxshi ma'lum.

- Kosmin Olariu 2018-yil “Jiangsu Suning” bosh murabbiyi etib tayinlangan. Bungacha u “Al-Hilol”, “As-Sadd”, “Al-Ayn”, “Shabab Al-Ahli” klublari hamda Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasini boshqargan.


Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Bosh sahifa | Online: 0/4