CORE ERROR: Language file _core.lng is missing

Xayrli kech, hurmatli fanat!


Dragan Cheran «Paxtakor»ning homiysi kim ekan, Xavi, Ektor Kuper haqida fikr bildirdi

"Paxtakor" hujumchisi Dragan Cheran intervyusining dastlabki qismini e'tiboringizga havola qilgan edik. Serbiyalik futbolchi unda "Nasaf"dagi faoliyati haqida so'z yuritgan edi. Bu safar esa Cheran "Paxtakor"dagi faoliyati haqidagi savollarga javob beradi.


— Sen Xaviga qarshi to'p surdingmi? Bu «Barselona»dagi Xavi edimi?


— U haqida nima deyishni ham bilmayman. U chinakam master va afsona! U o'yin davomida markazda turadi. Bir qarashda undan xavf kutmaysan, biroq qandaydir sekundlarda u markazdan yorib kirishni boshlaydi va qarabsanki fantastik uzatmani amalga oshirib turibdi. Uning yoshi nechadaligini bilsangda, undan to'pni olib qo'yishning iloji yo'q. Ichingda bu qariyadan to'pni olib qo'yaman, hozir unga bir ko'rsatib qo'yay deb o'ylashing va uning ortidan yugurishing mumkin, biroq sen boshqa u esa boshqa tomonga burilib ketadi. Uning maydondagi engil jharakatlari, to'p bilan muomrlada bo'lishi… ta'riflashga til ojiz.


Serbiyada «Paxtakor» nomi katta narsani anglatmaydi. Bu jamoani faqat bukmekerlik o'yinlariga berilganlargina tanishi mumkin?!


— Bu eng keksa, eng sovrindor va eng mashhur klub. Uzoq yillar davomida bu jamoa SSSR maydonlarida O'zbekiston sharafini himoya qilib kelgan. Bu jamoa MDH kubogida ham zafar quchishga ham muvaffaq bo'lgan.


Demak, faoliyatingda ulkan sakrashni amalga oshiribsanda?


— Bu katta o'zgarish deb ayta olmayman. Faqat shahar o'zgardi, xolos. Bundan tashqari, «Nasaf»dagi bir yo'la 6 ta jamoadoshim men bilan «Paxtakor»ga o'tgan, boz ustiga, «sherlar» bilan bir necha bor to'qnash kelganim uchun ularni ham yaxshi tanir edim. Adaptatsiya bilan muammo bo'lmadi.


Har holda shahar yaxshiroq edimi?


— Barcha davlatlarda bo'lgani kabi poytaxt qolgan shaharlardan ajralib turadi. Endilikda menda avval bo'lmagan imkoniyatlarning bir nechta variyantlar paydo bo'la boshladi. «Nasaf»da bor e'tibor futbolga qaratilgan bo'lib, biz asosan klub lagerida vaqt o'tkazar edik. Toshkentda maydon tashqarisidagi hayot o'zgacharoq. U erda ko'ngilochar mashg'ulotlar etarlicha topiladi. O'yindan so'ng, qaysi restoranda tushlik qilish haqida, qaysi savdo markazida xarid qilishga jamoadoshlaring bilan suhbatlashishing mumkin.


O'zbek futbolchilari va murabbiylarining saviyasi qanday?


— Mening «Nasaf»dagi ustozim chinakam kuchli ruhshunos edi. Uning shogirdlari juda tezkor va iqtidorli futbolchilar. Asosan yoshlarga e'tibor qaratadigan murabbiyning o'yin uslubiga qoyil qolmaslikning iloji yo'q.


Ularning eng kuchli futbolchisi kim?


— «Rostov»da o'ynaydigan Eldor Shomurodov. Shuningdek, ularda Xitoyda Xalk va Oskar bilan to'p surayotgan Odil Ahmedov ham bor. Qolgan futbolchilar BAA, Qatar va boshqa davlatlarda to'p surishmoqda.


Terma jamoa-chi?!


— Uzoq davom etgan jarayondan so'ng, Ektor Kuperni tanlashdi. U futbolchilarni mentalitetini o'zgartirishni istagan edi, biroq… Terma jamoa futbolchilari ruhan kuchsizroq, tezda o'yinni tashlab yuboradigan va katta o'yinlardan qo'rqadigan futbolchilar. Kuper ularga o'xshamagani uchun ko'p o'tmay mahalliy murabbiyni uning o'rniga o'tkazishdi. Ular aslida Karlos Keyrushni istashayotgan edi, biroq Keyrushning yiliga 7 million ero maosh so'ragani bois, undan voz kechishgan.


«Bunyodkor» va Skollarilarning davri haqida to'xtalib o'tsang?


— Bu futboldan chinakamiga lazzat olish bo'lgan. Butun stadion faqat ularni ko'rish uchungina tribunalarni to'ldirib o'tirishgan. Ajoyib davrlar deb xotirlanadi.


O'zbekistonda futbol qanday statusga ega?


— Ularda turli jangovar kurashlarga bo'lgan e'tibor juda katta. O'zbeklar deyarli barcha jang san'atlarida kuchli sanalishadi. Futbol esa, jamoaviy o'yinlar orasidagi eng tomoshabopi. U erda yangidan-yangi stadionlar va akademiyalar qurilmoqda, biroq barchasi sekin davom etmoqda.


Stadionga qancha odam tashrif buyuradi?


— Agar bu derbi bo'lsa, 15-20 ming muxlis. Boshqa o'yinlarda 6-7 ming atrofida. Stadionga tashrif buyuruvchi muxlislarning soni raqib kim bo'lishiga ham bog'liq. Shuningdek, men eng yaqin do'stlarimdan biri Slavko Lukich harakat qilayotgan «Navbahor»ning har bir o'yiniga 20 ming muxlis tashrif buyuradi. Namangan O'zbekistonning eng issiq o'lkasidir.


«Paxtakor»ning homiysi kim?


— Bosh homiy Alisher Usmonov. Bu o'zbekistonda tug'ilgan Rossiyada yashovchi milliarder. Bundan bir necha yil avval u «Arsenal» jamoasining aktsiyalarini 600-700 million evro evaziga pullab yuborgan edi. U jamoaning asosiysi homiysi bo'lsa-da, hech qaerda ko'rinish bermaydi. Klubdagi o'z odami orqali barchasini boshqarib turadi. Ayni damda «Paxtakor»ning byudjeti 20 million evroga teng. Endilikda klub marketing borasida ham rivojlanmoqda. Siz yaxshi to'p sursangiz, albatta homiylar qidirib kelishni boshlaydi. Mish-mishlarga ko'ra, klub tez orada Obi Mikel va Adebayorni jamoaga olib kelmoqchi. Bu transferlar amalga oshadimi yoki yo'qmi bilmadim, biroq Arveladze ularni jamoaga qo'shib olishni juda istamoqda.


Bu «Ayaks» va «Glazgo Reynjers»da faoliyat olib borgan Arveladzemi?


— U o'zgacha murabbiy. Boshqalar singari to'pni to'xtata olmaganing uchun koyimaydi. Shota bizni texnik va taktik jihatlar borasida o'sishimizni ta'minlash bilan ovvora. U barchasini o'rgatishga harakat qiladi. Qachon ochilish, qanday pressing uyushtirish, kam harakat bilan raqibni yopib tashlash singari zamonaviy futbol saboqlarini berib kelmoqda. Bundan tashqari, u ham yoshlar bilan ishlashni yaxshi ko'radi. Ularning aksariyatini mashg'ulotlardan so'ng olib qolib qo'shimcha mashqlar bajarishga majbur qiladi. Yaxshi murabbiy va yaxshi inson. U «Ayaks»ning yonidan o'tib ketmagan, u shu klubning bir bo'lagi bo'lgan.


OAV o'qishimizcha, sizga O'zbekiston fuqaroligini taklif qilishgan?


— Ular hozir ham takliflaridan qat'iy turishibdi. Afsuski, FIFAning yangi qarorlariga ko'ra, men O'zbekistonda 5 yil istiqomat qilgan bo'lishim lozim. Ular menga ertaga ham diplomatik pasportni taklif qilashadi, biroq FIFA chinakam muammo! O'zbekistonda istiqomat qilayotganimga 3,5 yil bo'ldi. Taklif bildirishgani uchun boshim ko'kka etdi. Bu mening uchun chinakam sharaf! Shu kunga qadar hech kim meni Ektor Kuperchalik qadrlamagan. U menga passport berishga tayyor edi. Afsuski, 34 yoshda terma jamoaga yordam berishim dargumon. Men bu savolni ochiq qoldirdim. Shu sabab, nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Ayni damda 32 yoshdaman va ularga yordam berishga tayyorman, biroq 34 yoshda qanday formada bo'lishimni bilmayman. Pasportni shunchaki olishdan hech qanday ma'no yo'q. Barchasi haqqoniy bo'lishini istayman. Agar 34 yoshda O'zbekiston libosini kiysam, bu men uchun chinakam sharaf!


Aytgancha, siz O'zbekistondagi eng mashhur serb emassiz. U erda Lyubinko Drulovich ham faoliyat olib bormoqda?


— Lyube ayni damda OTJni boshqarmoqda. Ularning oldiga Tokio Olimpiadasida ishtirok etish vazifasi qo'yilgan. Biz u bilan tez-tez uchrashib turamiz. Yaxshi va mehnatkash inson. Yaratgandan ularga ushbu yo'llanmani qo'lga kiritishlarini so'rab qolaman. Drulovich uchun bu juda muhim.


«Paxtakor»ning oldiga qo'ygan maqsadlari qanday?


— 10-fevral sanasidan OChLda kurash boshlanadi. Bizning guruhda amaldagi chempion «Al Hilol», «Al-Ahli» singari grand jamoalar mavjud. O'tgan mavsumdagi o'yinda 93-daqiqada o'tkazib yuborgan golimiz uchun guruhda qolib ketgan edi. Bu mavsumda asosiy maqsad OChL guruh bosqichidan chiqish. Homiylar ham bizni shunga yarasha taqdirlashmoqchi.


Mukofot pullarimi?


— Albatta, sen o'zgacha ishni amalga oshirsang, bundan ular xursand bo'ladi. Shunday bo'lsada, hech qachon qandaydir 1000-2000 dollarni deb jamoadagi futbolchilarga yomon ko'rishni istamayaman. Shu sababli hech qachon maydonda egoist bo'lmaganman.


U erda yana qancha qolmoqchisan?


— Bilmadim. Hech qaerga ketmoqchi emasman. Hali bu haqida o'ylaydigan darajaga kelganimcha yo'q. Hozir o'zim sevgan ish bilan shug'ullanayapman, mamlakatning eng kuchli klubida to'p suryapman, meni bu erda yaxshi ko'rishadi va qadrlashadi. Shunday ekan, ketish haqida o'ylashdan naf yo'q. Boz ustiga, mening klub bilan tuzgan ikki yillish shartnomam ham mavjud.


Boshqa jamoalardan ham takliflar bo'lganmidi?


— Meni bir paytlar «Persepolis» izlagan edi. Afsuski, Isroilda to'p surayotganim uchun ular mendan voz kechishgan. Isroilda bir kun bo'lgan inson ham Erondagi ishdan umid qilmasligi kerak.


O'zbek futbolchilari ichida Serbiya o'ynab keta oladigani bormi?Jamoadoshlaringni qay biri bilan do'stona aloqadasan?


— Ha bor. Bu Masharipov degan yigit. Ishonasizmi yo'qmi u yakunlangan mavsumda 37 ta golli uzatma berdi. Bu maydondagi natijaga ta'sir o'tkaza oladigan futbolchi. Jalol ikkita qanotda ham birdek o'ynay oladi. Texnikasi juda kuchli va u futbolni sevadi. Undan to'pnii olib qo'yishni istagan futbolchilarni doimo mazah qilgandek ko'rmay o'tib ketadigan odati bor. Yaqinda unga shaxsan Xavining o'zi qo'ng'iroq qilib, jamoasida kutayotganini ma'lum qildi. Bu chinkam yutuq. U ayni payda mening jamoadagi eng yaxshi do'stim hamdir.


Nima dey o'ylaysan, «Paxtakor» bizning jamoalarga qarshi qanday to'p surgan bo'lar edi?


— Shunisi aniqki, ayni damdagi «Paxtakor» «Partizan» va «Zvezda»ni ham yutishga qodir, "Partizan"dan farqli o'laroq, «Zvezda» yangi mavsumda xorijlik futbolchilarga ko'proq ishonmoqda. Biz bu «Zvezda»ni mag'lub etgan bo'lardik.


«Zvezda» va «Partizan» jamoalar o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilasizmi?


— Albatta, bo'lmasamchi. Barcha serblar bir joyga jamlanamiz va televizor oldidan joy olamiz. Begonalar ham bizning muxlislik qilishimizga qiziqib davramizga qo'shilishadi. Biz Serbiya futbolini taqdir sababli tark etgan bo'lsak-da, uni doimo kuzatib borishni kanda qilmaymiz.


Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Bosh sahifa | Online: 0/4