CORE ERROR: Language file _core.lng is missing

Xayrli kech, hurmatli fanat!


Transfer olamidagi yangiliklar

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangilikllar bilan tanishtirishda davom etamiz.


«Atletiko»da «b» rejasi mavjud


Madridning «Atletiko» jamoasi PSJ hujumchisi Edinson Kavanini qo'lga kiritish uchun harakat qilayotganidan xabaringiz bor. Ayni damda urugvaylik hujumchining Madridga ko'chib o'tishi borasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Shu sababli, «matraschilar» zahira variantini ishga solishi mumkin.


Unga ko'ra, klub «Arsenal»ning frantsiyalik hujumchisi Aleksandr Lyakazettga bor e'tiborini qaratadi. Klub jamoa safiga 2018-yilda kelib qo'shilgan Tomi Lemarni uning transferiga qo'shib berishni rejalashtirmoqda. «Mirror» nashri bergan xabariga ko'ra, «Arsenal»ning yangi murabbiyi o'z hujumchisini qo'yib yuborishga qarshi emas.


Eslatib o'tamiz, Lemar ushbu mavsumda «La Liga» bahslarining 15 tasida va EChL uchrashuvlarining 6 tasida maydonga tushgan.


«Bourmunt» futbolchisiga ortga qaytga qaytmaydi



Londonning «Chelsi» jamoasining sobiq himoyachisi Natan Akening kelajagi ma'lum bo'ldi”,-deb xabar bermoqda The Sun nashri.


Manba bergan ma'lumotlarga qaraganda, «aristokratlar» gollandiyalik himoyachini harid qilishdan bosh torishdi. Gap shundaki, klub o'z himoyachisi Anlreas Kristensen bilan shartnomani uzaytirdi va endilikda jamoa daniyalik himmoyachi uchun ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishini ta'minlashni rejalashtirmoqda.


Eslatib o'tamiz, gollandiyalik himoyachi ushbu mavsumda 17 ta uchrashuvda ishtirok etdi va o'z hisobiga bir golni yozib qo'ydi.


Avstrya klubi koreyalik futbolchining narxini e'lon qildi



«RB Zaltsburg» klubi o'z hujumchisining Xvan Xi Chxanning transfer qiymatini ma'lum qildi.
"The Atheltik" nashri bergan ma'lumotlarga qaraganda, Janubiy Koreyalik


futbolchini qo'lga kiritishni istagan klub 27 million evrodan voz kechishi kerakligini ma'lum qildi. Ayni damda hujumchi uchun «Brayton» va «Vulvurhempton» klublari kurash olib borishmoqda.


Ingliz jamoalari iqtidorli futbolchi uchun 15 million evroga baholayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, «RB Leiptsig» jamoasi qishki transferlar chog'ida Takumo Minamino va Erling Xolandni sotib yubordi.


«Barselona» Suaresning o'riga futbolchi izlamoqda


Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Luis Suaresning o'rnini to'ldira oladigan futbolchini izlamoqda. Bu haqida «Muda Deportivo» nashri xabar bermoqda.


«Barselona» Suaresning jarohati sababli klub unga zahira variyant sifatida bir nechta hujumchini ko'rib chiqmoqda. Ushbu ro'yxatda Kristian Stuani, Chimi Avila va Gabriel Barboza singari hujumchilar joy olmoqda.


Nashr bergan xabarlarga ko'ra, klub ushbu hujumchilardan birini qishki transfer chog'ida harid qilishni istamoqda.


Eslatib o'tamiz, Luis Suaresning yaqindagina jarohlik stoliga yotgani va 4 oy davomida jarihatdan qutulishi haqida xabarlar chiqqan edi.


Albaniyalik futbolchi APLga o'tishi mumkin



«Verona» jamoasi himoyachisi Marash Kumbula APLning grandalari e'tiboriga tushib qoldi. Iqtidorli himoyachi uchun ayni damda «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari qiziqish boshladi. 


The Sun nashri bergan xabarlarga ko'ra, 19 yoshlik futbolchi qishki transferlar chog'idayoq tumanli albionga yo'l olishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, Kumbula ushbu mavsumda 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 1 ta gol yozib qo'ydi.


Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Bosh sahifa | Online: 0/2